Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28 iyun kuni Tojikistonga taşrif buyurib, mamlakat rahbari Imomali Rahmon bilan uçraşuv ötkazadi, deb ma’lum qildi Rossiya yetakçisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

"Ertaga prezident Putinning Tojikistonga işçi taşrifi rejalaştirilgan. U yerda Rahmon bilan muzokaralar ötkaziladi", - dedi u.

Kreml vakilining sözlariga köra, davlat rahbarlari "yakkama-yakka" suhbatlaşadi.

Söngra Rossiya prezidenti Duşanbedan Turkmanistonga yöl oladi. Putin 29 iyun kuni Aşxobodda bölib ötadigan Kaspiy sammitida qatnaşadi. 

Bu Putinning joriy yildagi ikkinçi xorijiy safari böladi. U oxirgi marta fevralda Xitoyga borgandi.