Bu yerda aholi asosan dehqonçilik, boğdorçilik, çorvaçilik va asalariçilik bilan şuğullanadi.
Qişloq hududi katta qismi toğ bilan tutaşib ketgani, qişloq örtasidan soy oqib ötgani va aholi tomonidan köplab daraxtlar ekilgani hududning salqin havosini ta’minlaydi.
Şu boisdan ham yozning issiq kunlarida Andijon, Farğona hamda Namanganning boşqa tumanlaridan va Çust tumanining boşqa qişloqlaridan ham Ğovada dam oliş uçun kelişadi.
Qişloq kartoşka yetiştirişga ixtisoslaştirilgan bölib, Ğovada kartoşka ekmaydigan xonadonni topiş amrimahol. Dehqonçilikning qiziq tomoni şundaki, ekinni yerga qadaş, unga işlov beriş va hosilni yiğiş işlari ot va eşaklar yordamida amalga oşiriladi.
Qişloqda kartoşka şunçalik köp ekiladiki, mavsumda qişloq hududida kartoşkani ulgurji sotuvçi alohida bozor taşkil qilinadi. Dehqonlarning aytişiça, ba’zida bu bozordan kuniga 500 tonnagaça kartoşka boşqa hududlarga sotilar ekan.
Ming marta eşitgandan bir marta körgan afzal deyişganidek, Ğova qişloğini ham öz közingiz bilan körişni tavsiya etamiz.


































