Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 27 iyun tunda 4R-46 avtomobil yölining Past Darğom tumani “Yangiobod” MFY hududidan ötuvçi 25-kilometrida, yöl yoqasida joylaşgan, 1989 yilda tuğilgan fuqaro Ş.U.ga tegişli bölgan yengil konstruksiyali savdo dökonida yonğin sodir bölgan.

Yonğin haqida Past Darğom tuman FVBga soat 22:44da xabar kelib tuşgan. Hodisa joyiga yonğin öçiriş bölinmalari soat 22:47 da yetib borgan. Soat 23:06da yonğin qurşab olgan va soat 00:11da bartaraf etilgan. Yonğinni bartaraf etişga tuman FVBning 3ta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin oqibatida omborxona va savdo dökonining taxminan 100 metr kvadrat maydonda şift, tom qismi va savdo dökoni içidagi aralaş mahsulotlari yonib, zararlangan.

Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va zarari aniqlanmoqda.

Avvalroq, iyun oyining boşida Samarqand viloyatida bir hafta mobaynida savdo dökonlari yonib ketişi bilan boğliq törtta yonğin sodir bölgandi.