Qariyb bir yarim yil davom etgan pandemiya, uning ortidan Superliga maşmaşalari UYeFA uçun ham qaysidir ma’noda ogohlik qönğiroği bölgani şubhasiz. Natijada, klublarga qöyiladigan moliyaviy talablar, jumladan fair play qoidalarida ham islohotlar amalga oşmoqda. Qisqasi, futbol daromadlarining umumiy xarajatlardan ustun bölişi asosiy yönaliş sifatida olingan avvalgi tizim bekor qilinib, uning örniga asosan klublarning transfer xarajatlari va maoşlarni çeklaş bilan boğliq qator talablar paydo bölmoqda.
Futbol iqtisodiyotidagi eng yaxşi naşrlardan biri SwissRamble sodda til bilan uşbu özgarişlarni bayon qilib berdi. Xöş, asosiy özgarişlar nimadan iborat?
Birinçidan, «moliyaviy feyr-pley» tuşunçasi endi yöq. Yangi norma «Moliyaviy barqarorlik qoidalari» deb ataladi. Bu tasodif emas. UYeFAdagi avvalgi qoidalar öyin haqqoniyligini ta’minlamasdi, albatta, yangilari ham töliq buni amalga oşira olmaydi. «Raqobat tengsizligini faqat moliyaviy qoidalar yordamida bartaraf etişning iloji yöq. Bu muammoni boşqa ölçovlar bilan uyğun şaklda yeçiş lozim. Aynan şuning uçun biz nomni özgartirdik. Fair Play barçaga teng şaroitlarni taqdim etiş, degan ma’noni anglatib qolayotgandi», – deya tuşuntirdi UYeFA direktori Andrea Traverso.

Ikkinçidan, endi uç yillik davrdagi maksimal zarar limiti avvalgidek 30 million yevro emas, 90 million yevroga oşirildi. Aslida rasman limit 60 million yevroni taşkil qiladi, şu şartdaki, klub egasi 5 million yevrodan ortiq zararni öz yonidan qoplab, ta’sis etsa. Agar klub yaxşi moliyaviy holatda bölsa, uç yilda yana 30 million, ya’ni hammasi bölib 90 million yevro zarar bilan çiqişga «ruxsat beriladi».
Ammo endi infratuzilma, yoşlar va ayollar futboliga qilingan xarajatlar ham inobatga olinadi. Avvalgi qoidada bunday sarflar hisobotdan çetda qolardi.
Uçinçidan, UYeFA endi qarzdorliklar uçun klublarni jazolamaydi. Hatto 2021 yilda bölgani kabi, «Barselona», «Çelsi» yoki «Tottenhem»ning milliardlik qarzlarini ham. Zero yangi qoidalar klub egalarini klubga qarz berişga emas, sarmoya kiritişga undaydi.
Törtinçidan, yangi qoidalarning asosiy mezoni şundan iboratki, endi klublar transfer va agentlarga xarajatlar hamda maoşlar uçun daromadning 70 foizini işlata oladi, xolos. Albatta, futbolçilarni sotişdan keladigan foydani ham işlatiş mumkin. Bu qoida yevrokubokda qatnaşadigan iş haqi vedomosti 30 million yevrodan oşgan klublar uçun taalluqlidir. UYeFA top-klublar uşbu limitga moslaşişi qiyin ekanini tuşungan holda, çegaralarni bosqiçma-bosqiç kiritmoqda – 2023/24 yillar mavsumida 90 foiz, 2024/25 yillar mavsumida 80 foiz va 2025/26 yilgi mavsumdan boşlabgina 70 foizga tuşiriladi.














