Amerikaning Forbes biznes jurnali «dunyoni özgartirgan» 10 ta avtomobil röyxatini e’lon qildi. Unga tarixda eng köp sotilgan, eng çiroyli deb topilgan, «xalq avtomobili» deb tan olingan, ekologik tozaligi bilan ajralib turgan maşinalar, sportkar, miniven va gibrid avtomobil kiritildi.
Foto: wikipedia.orgFoto: wikipedia.org
Reytingga innovatsion yeçimlarni taklif qilgan, yangi avtomobillar sinfini oçgan, inqilobiy dizayni bilan ajralib turgan yoki arzonligi va işonçliligi tufayli maşhur bölgan modellar kirgan. Şu tufayli ham röyxatda juda arzon Trabant va Ford Mustang sportkari yonma-yon turadi. Reyting avtomobil sanoatining sönggi 100 yilini qamrab oladi.
Forbes jurnaliga köra dunyoni özgartirgan 10 ta avtomobil
1. Ford Model T (1908)
Örtahol sinf uçun hamyonbop bölgan va seriyali tarzda işlab çiqarilgan dunyodagi ilk arzon avtomobil.
Ford Model T (litfund.ru)
«Tunuka Lizzi» nomi bilan tanilgan uşbu avtomobil Amerikaning Ford Motor Company kompaniyasi tomonidan 1908-1927 yillarda işlab çiqarilgan. Bu millionlab seriyalarda çiqarilgan dunyodagi birinçi avtomobil edi.
Köpçilikning fikriga köra, Henri Ford yangi yengil avtomobilni örtahol amerikaliklar uçun nisbatan arzon qiliş orqali «Amerikani ğildiraklarga ötqazib qöygan». Bunga innovatsiyalarni joriy qiliş, qölda yiğiş örniga konveyerdan foydalaniş, avtomobil konstruksiyasini soddalaştiriş, natijada tannarxni pasaytiriş orqali erişildi.
Model T 1908 yilda Amerika bozoriga 825-850 dollardan taklif etildi. Vaholanki, köpçilik avtomobillarning narxi 1100-1700 dollar atrofida edi. 1916-17 yillarga kelib, tannarx pasaydi va avtomobilning narxi 350 dollarga tuşdi.
Model T dunyoning köplab mamlakatlarida işlab çiqarilgan «butunjahon» avtomobilga aylandi. Xususan, Ford Motor Company filiallari Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Avstraliyada oçilgan edi.
Hammasi bölib 15 milliondan sal köproq Ford Model T işlab çiqarilgan.
2. Volkswagen Beetle (1938)
Dunyodagi eng ommaviy işlab çiqarilgan avtomobil. U ixçam (kiçik) avtomobillar uçun sifat standartiga aylandi.
Volkswagen Beetle (moma.org)
Volkswagen Käfer (nemisça Käfer – «Qönğiz») – 1946 yildan 2003 yilgaça Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan yengil avtomobil. Bu asosiy dizayni yillar davomida özgartirilmagan holda işlab çiqarilgan tarixdagi eng ommaviy avtomobildir. Jami 21,5 millionta «Qönğiz» zavod konveyeridan çiqqan. Tarixda eng köp sotilgan maşinalardan biri.
Mavzuga oid
Germaniyada Beetle 1970-yillarning örtalariga qadar işlab çiqarilgan, keyinçalik Lotin Amerikasidagi zavodlarga köçgan. Sönggi maşina 2003 yilda Meksikadagi zavoddan çiqib ketgan.
3. Jaguar XK120 (1948 yil)
Mutaxassislar uni dunyodagi eng çiroyli avtomobillardan biri deb hisoblaşadi.
Jaguar XK120 (classicdriver.com)
Jaguar XK120 – 1948 yildan 1954 yilgaça Buyuk Britaniyada işlab çiqarilgan sport avtomobili. Seriyali avtomobilning maksimal tezligi 200,5 km/soat, maxsus tayyorlangani esa 219,83 km/soatni taşkil qilgan.
Jaguar XK120 seriyali avtomobillar içida eng tezkori bölgan. 1951 yilda ötkazilgan 24 soatlik Le-Man poygasida birinçi örinni egallagan.
Jami 12078 ta Jaguar XK120 işlab çiqarilgan bölib, ularning 80 foizidan ortiği xorijga, asosan Amerikaga eksport qilingan.
4. Trabant (1958)
30 yil davomida Germaniya Demokratik Respublikasida (GDR) işlab çiqarildi va Yevropadagi kommunistik lager mamlakatlari uçun «xalq avtomobili»ga aylandi.
Trabant (wikiwand.com)
Trabant (nemisça Trabant – Sputnik) – Şarqiy Germaniyaning kiçik avtomobillar brendi bölib, Sachsenring Automobilwerke korxonasi tomonidan ommaviy işlab çiqarilgan, GDR ramzlaridan biriga aylangan.
Hammasi bölib taxminan 3 millionta Trabant işlab çiqarilgan, bu uni eng köp işlab çiqarilgan avtomobillar qatoriga qöyadi. Trabant sotsialistik mamlakatlarga (asosan Çexoslovakiya, Polşa va Vengriya), şuningdek, bir qator kapitalistik mamlakatlarga – masalan, Gretsiya, Niderlandiya, Belgiya, Janubiy Afrika va hatto Buyuk Britaniyaga eksport qilingan.
Ommaviy motorizatsiya muammosini hal qiliş uçun möljallangan «xalq avtomobili» öta hamyonbop, masalan, Sovet Ittifoqida işlab çiqarilgan GAZ-24 «Volga» avtomobilidan qariyb 3 barobar, VAZ-21011 avtomobilidan qariyb 2 barobar arzon bölgan. Bu esa uni sotib oliş uçun uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltirgan. Ba’zi xaridorlar uni qölga kiritiş uçun 10 yillab kutişgan.
5. Porsche 911 (1964)
Afsonaviy maşina, sport avtomobillarining standarti, Porsche brendining yuzi hisoblanadi.
Porsche 911 (1zoom.ru)
Porsche 911 (nemisça Neunelfer) — Germaniyaning Porsche AG kompaniyasi tomonidan 2 eşikli kupe yoki uning negizida kabriolet kuzovida işlab çiqarilgan, 1964 yildan hozirgi kungaça turli modifikatsiyalarda çiqarilgan sportkar.
911 modeli nisbatan arzonligi va yuqori quvvatga ega xususiyatlari tufayli jahon avtosportida eng köp tarqalgan avtomobillardan biriga aylandi. Yillar davomida ralli böyiça jahon çempionatlari, «Targa Florio» poygasi, 24 soatlik «Daytona», 12 soatlik «Sebring», 24 soatlik «Nyurburgring» kabi maşhur halqali poygalarda ğolib bölgan.
6. Ford Mustang (1964)
Qöşma Ştatlarda uşbu model bilan «muşaksimon avtomobillar», ya’ni dizayni xuddi muşaklar kabi börtib çiqqan sport kupelari davri boşlandi.
Ford Mustang (hdpic.club)
Ford Mustang – bu Ford Motor Company tomonidan işlab çiqarilgan maşhur Pony Car hisoblanadi. Amerikada bunday ibora bilan sportça körinişda işlab çiqarilgan, ammo yuqori quvvatli dvigatelga ega bölmagan avtomobillar ataladi.
Birinçi Mustang 1964 yilda konveyerdan çiqqan bölib, hozirgi kunda uning 6-avlodi dunyo böylab kezmoqda. Ford kompaniyasining eng uzoq vaqtdan buyon işlab çiqarilayotgan avtomobili hisoblanadi.
Mustang sport kupelari va kabrioletlarining zamonaviy liniyasi sifatida yaratilgan bölib, dastlab uzun kapot va qisqa paluba proporsiyasiga ega bölgan. U avtomobilsozlikka yangi yönalişdagi dizaynni taqdim qilgan. 2018 yil avgustiga kelib Ford 10 millioninçi Mustang konveyerdan çiqargan.
7. AMC Eagle (1980)
4 ğildiragi ham tortuvçi dunyodagi birinçi xetçbeklardan biri.
AMC Eagle (zen.yandex.ru)
AMC Eagle – American Motors Corporation (AMC) tomonidan 1979-87 yillarda işlab çiqarilgan, örta sinf uçun möljallangan yengil avtomobil.
Öşa paytda Eagle Qöşma Ştatlarda işlab çiqarilgan 4 ğildiragi ham tortuvçi yagona yengil avtomobil edi. U katta yöllarda qulay va yomon yöllarda yaxşi harakatlaniş imkonini beruvçi arzon avtomobil bölgan.
AMC Eagle birinçi krossover (yengil avtomobil va yöltanlamas avtomobil örtasidagi sinf) sifatida tanilgan. Uşbu sinf avtomobillarining peşqadami bölgan. Jami 198 mingga yaqin Eagle işlab çiqarilgan.
8. Jeep Cherokee (1974)
Dunyodagi birinçi örta ölçamli, örtaça narx kategoriyaga ega bölgan yöltanlamas.
Jeep Cherokee (autoreview.ru)
Jeep Cherokee – 1974 yildan 1983 yilgaça Amerikada işlab çiqarilgan SUV (sport utility vehicle) yöltanlamas toifaga kiruvçi, ammo asosan şaharda va asfalt yölda foydalaniladigan avtomobil.
Uning birinçi avlodi AQŞ va Avstraliyadagi zavodlarda işlab çiqarildi, şu sababli, avtomobillarning aksariyati uşbu davlatlarda tarqalgan.
Jeep Cherokee ijobiy xususiyatlari orasida keng salon, kuçli dvigatel, mustahkam ramka tuzilişi va harakatlaniş imkoniyatining yuqori ekanini ajratib körsatiş mumkin. Ammo uning yoqilği sarfi yuqori ekani – kamçiliklaridan biri bölgan. Jeep Cherokee amerika oilalarining sevimli avtomobillaridan biriga aylangan.
9. Dodge Caravan (1984)
Dunyodagi birinçi miniven.
Dodge Caravan (autoevolution.com)
Dodge Caravan – Chrysler tomonidan 1984-2020 yillarda işlab çiqarilgan minivenlar seriyasidir.
Miniven (inglizça minivan — «kiçik furgon») — bitta hajmdagi kuzovga va kapotsiz yoki 1,5 hajmdagi kompanovkaga, uç qatorli örindiqlarga ega yengil avtomobil. Odatda 8 ta örindiqdan oşmagan.
Dodge Caravan yölovçi va yuk taşuvçi furgon sifatida taqdim etilgan. 1984 yildan beri butun dunyo böylab 15 millionga yaqin şunday miniven sotilgan.
10. Toyota Prius (2000 yil)
Ommaviy ravişda işlab çiqarilgan dunyodagi ilk gibrid avtomobil. Eng köp sotilgan ekologik toza avtomobillardan biri.
Toyota Prius (drom.ru)
Toyota Prius 1997 yildan beri Yaponiyaning Toyota korporatsiyasi tomonidan işlab çiqariladi. Benzin va elektr dvigatellari bilan jihozlangan dunyodagi birinçi gibrid yengil avtomobilidir. Model nomidagi lotinça Prius sözi «birinçi, dastlabki» deb talqin qilinadi.
Avtomobilda zararli çiqindilarning darajasi past, şuningdek, yoqilğini kam sarf qiladi. Ekologik tozaligi va dizaynining öziga xosligi tufayli köplab mukofot va sovrinlarga sazovor bölgan. Yaponiyada, Şimoliy Amerika va Yevropada yilning eng yaxşi avtomobili sifatida tan olingan.
Muhim jihati şundaki, Prius elektr energiya bilan quvvatlantirilmaydi, unga faqat benzin quyiladi. Kerakli elektr energiyani avtomobilning özi işlab çiqaradi. Uning gibrid tortiş uskunasi şunday qurilganki, benzin dvigateli va elektromotor avtomobil ğildiraklari bilan boğlanib, eng samarali rejimda işlaydi. Natijada, yoqilği juda kam sarflanadi. Prius tom ma’noda avtomobilsozlikda inqilobiy özgarişlarni amalga oşirgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi