Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 24 iyun kuni 20:45 larda 4R-42 avtomobil yölining Foriş tumani Amir Temur mahallasidan ötuvçi 92-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Foriş yönalişida harakatlanib ketayotgan noma’lum maşina yölni kesib ötayotgan piyodani urib yuborib, hodisa joyidan qoçib ketgan.
Oqibatda Qölba qişloğida yaşovçi 1971 yilda tuğilgan ayol oğir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv davomida YTHni Qölba qişloğida yaşovçi 1976 yilda tuğilgan fuqaro öz boşqaruvidagi VAZ-2105 maşinasi bilan sodir etgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Foriş tuman IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.











