NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyani «xavfsizligimiz uçun töğridan töğri tahdid» deb atadi. Uning 29 iyun, çorşanba kuni ma’lum qilişiça, Rossiya boşlagan uruş ön yilliklardagi «eng katta xavfsizlik inqirozi» va NATO öz tarixida duç kelgan «eng katta muammo»dir. Stoltenberg NATOning Madriddagi sammitini «tarixiy» deb atadi, çunki bu «sovuq uruşdan beri jamoaviy mudofaaning eng katta qayta tuzilişi»ga olib keladi.

Joriy sammitda alyans özining yangi strategik konsepsiyasini taqdim etişi kutilmoqda. «Yangi konsepsiyamiz bizni strategik raqobat davriga olib boradi. Bu alyans Rossiyani xavfsizligimiz uçun eng muhim va töğridan töğri tahdid sifatida qabul qilişini yaqqol körsatib beradi», - dedi Stoltenberg sammit oçilişi oldidan. Ilgari alyans Moskvani «strategik hamkor» sifatida qabul qilgan – 2010 yildan boşlab bu alyans konsepsiyasida mustahkamlangan, deya eslatdi boş kotib. «Bu biz Madridda kelişib oladigan strategik konsepsiyada bölmaydi», dedi u. 

«Rossiya NATO yillar davomida yölga qöymoqçi bölgan hamkorlik va muloqotdan uzoqlaşdi. Ular muloqot örniga qarama-qarşilikni tanladi. Biz bundan afsusdamiz, lekin, albatta, bu voqelikka javob berişimiz kerak. Biz aynan şunday pozitsiyadamiz. Tiyib turiş va mudofaamizni tubdan özgartiriş bilan şuğullanmoqdamiz», dedi Stoltenberg sammit oçilişida. 

Boş kotib NATO tezkor harakat qiliş kuçlari sonini taxminan 40 mingdan 300 minggaça oşirişini ma’lum qildi. Bu kuçlar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi munosabati bilan bir neça oydan beri şay holatda edi. Stoltenbergning sözlariga köra, şarqiy qanotni himoya qiliş alyansning asosiy ustuvor yönalişi hisoblanadi. NATOning Şarqiy Yevropadagi bir neçta harbiy guruhlari birdaniga brigada darajasiga qadar kuçaytiriladi va har biri bir neça mingdan iborat taktik guruhlarga aylanadi, dedi Stoltenberg.