Serbiyalik sportçi Novak Jokoviç “Katta dubulğa” turkumidagi har bir turnirda kamida 80tadan ğalaba qozongan birinçi tennisçiga aylandi.
Jokoviç yangi rekordni Uimbldon turnirining birinçi turida janubiy koreyalik Kvon Sun Vuni yengib, 80-ğalabasiga erişganidan söng qayd etdi. Uçraşuv 6:3, 3:6, 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi.
U erişilgan natija bilan töxtab qolmasligini aytdi.
«Endi 100talikka yetamiz», - dedi Jokoviç.
Novak Jokoviç Uimbldon turnirida olti marta ğalaba qozongan va turnirning amaldagi çempioni hisoblanadi.
Sportçi şuningdek, Australian Open musobaqasida 82, «Rolan Garros»da 85 va US Open musobaqasida 81 marta ğalabaga erişgan.
Uimbldon 27 iyundan 10 iyulgaça davom etadi – u “Katta dubulğa” turnirining uçinçi musobaqasi hisoblanadi. 29 avgustdan 11 sentabrgaça bölib ötadigan US Open turniri turkumning yakuniy musobaqasi böladi.

















