Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siemens Rossiyaning Yevropaga gaz yetkazib berishni qisqartirishga aloqadorligi haqidagi ayblovlarini rad etdi
Siemens Energy kuzatuv kengashi rahbari Jo Kezer Siemens tomonidan Rossiya uskunalarini ta’mirlash kechikkani tufayli Germaniyaga gaz yetkazib berish qisqargani haqidagi ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi.
Nemis energetika kompaniyasi Siemens Energy Rossiyaning turbinalarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatilmagani uchun Germaniyaga gaz yetkazib berish to‘xtatilgani haqidagi ayblovlarini rad etdi. «Rossiyada taniqli kompaniyani bunga jalb qilish juda qulay, - dedi Siemens Energy kuzatuv kengashi raisi Jo Kezer 28 iyun kuni Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida. - Agar shunday bo‘lsa ham, bu gaz oqimining bunday keskin kamayishini hech qachon oqlay olmaydi».
Iyun oyi o‘rtalarida Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Germaniyaga «Shimoliy oqim-1» quvuri orqali gaz yetkazib berishni sezilarli darajada qisqartirdi va buni Germaniyaning Siemenskonserni tomonidan boshqariladigan uskunalarni ta’mirlashning kechikishi bilan izohladi. Germaniya kansleri Olaf Shols bu izohni tanqid qilib, bahona deb atadi.
11 iyul kuni quvurni o‘n kunlik rejali ta’mirlash ishlari boshlanadi. Energiya yetkazib beruvchilar va Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek bundan keyin «Gazprom» «Shimoliy oqim-1» orqali gaz yetkazib berishni tiklamasligi mumkinligidan xavotirda.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026