Ötgan 100 kun içida AQŞ Rossiyaning 330 milliard dollarlik aktivlarini muzlatdi yoki blokladi. Bu haqda AQŞ moliya vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, sanksiyalarga tuşgan rossiyaliklarning 30 milliard dollardan ortiq miqdordagi aktivlari muzlatilgan yoki bloklangan. Şuningdek, Rossiya markaziy bankining 300 milliard dollarga yaqin aktivlari bloklangan.
Rossiya aktivlarini qidirib topiş böyiça xalqaro guruh yuzlab milliard dollarlik aktivlarni muzlatiş borasidagi işini hali yakunlagani yöq, deyiladi vazirlik xabarida.
«Rossiya elitasi, işonçli şaxslari va oligarxlari» (REPO) deb nomlanuvçi işçi guruhga Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Yaponiya va Yevrokomissiya vakillari kiradi.












