Avval Huawei kompaniyasiga tegişli bölgan Xitoyning Honor smartfonlar işlab çiqaruvçisi qurilmalarni Rossiyaga rasmiy yetkazib berişni töxtatdi. Bu haqda «Vedomosti»ga elektronika distribyutorlaridan biridagi manba xabar berdi. 

Honor Rossiya bozorini tark etişi haqida rasmiy bayonot bermadi. Ammo uşbu işlab çiqaruvçidan Rossiyaga qurilmalarni yetkazib beriş mart oyida töxtatilgan. 

Qayd etilişiça, hozir Xitoy kompaniyasi Armaniston, Gruziyadan hamkorlar izlamoqda va Özbekistonda smartfonlarni parallel import orqali Rossiyaga olib kiriş böyiça kelişuvga erişgan. 

«MDH mamlakatlarida distribyutorlar tarmoğining kengayişi Honor Rossiyaga yetkazib berişni qaytadan boşlaşini isbotlaşi mumkin», - deya qöşimça qildi «Vedomosti» manbasi. 

MDHdagi distribyutorlar bilan işlaş kompaniyaga sanksiyalar xavfini kamaytiriş imkonini beradi, deb tuşuntirdi «Infoline-analitiki» boş direktori Mixail Burmistrov. 

Maişiy elektronika çeklovlarga tuşmasa-da, Xitoy kompaniyalari avvaldan xavfsiz yölni tanladi va parallel importni qonuniylaştirişni kutgan holda yetkazib berişni çekladi, deya qöşimça qiladi u. 

«Ikkinçi darajali sanksiyalarning ehtimoliy salbiy oqibatlarini hisobga olgan holda, ular uçun xavflarni minimallaştirişning bunday formati mantiqiy körinadi. Rossiya bilan işlaşda xavflarni kamaytiriş va heç qanday bayonotlarsiz yetkazib berişni çeklaş hozirda köplab Xitoy kompaniyalarning siyosati», - deydi Burmistrov.

30 mart kuni Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin hukumat qarorini imzoladi, unda parallel import uçun javobgarlik bekor qilingan. Ammo davlat dumasi parallel importni qonuniylaştiriş töğrisidagi qonunni uçinçi, yakuniy öqişda 21 iyun kuni tasdiqladi. Unda işlab çiqaruvçining yoki mualliflik huquqi egasining roziligisiz tovarlarni Rossiyaga olib kiriş va ulardan foydalaniş imkoniyati nazarda tutilgan.