Qayd etilişiça, internetda Özbekistonda yangi «Panorama Airways» aviakompaniyasi taşkil etilgani va tez orada Airbus-320 va Boeing-777 samolyotlarida parvozlarni amalga oşirişi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi.

Fuqaro aviatsiyasida havo kemalaridan foydalaniş bilan boğliq bölgan har qanday faoliyatni amalga oşiriş uçun, Özbekiston Havo kodeksi 44-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 1 martdagi 58-son qarori bilan tasdiqlangan «Özbekiston fuqaro aviatsiyasida havo kemalari ekspluatanti sertifikatini beriş tartibi töğrisidagi nizom» talablariga muvofiq har qanday yuridik yoki jismoniy şaxs «Özaviatsiya» agentligidan belgilangan tartibda havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olişi şart.

Bildirilişiça, faqatgina havo kemasi ekspluatanti sertifikatini olgandan keyingina aviakompaniya maqomini oliş mumkin.

«Özini «Panorama Airways» aviakompaniyasi deb atayotgan taşkilot bugungi kunga qadar «Özaviatsiya» agentligiga havo kemasi ekspluatanti sertifikatini oliş uçun ariza va havo kemasini lizingga olgani haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan», deyiladi ma’lumotda.