Vladimir Putin 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon mamlakatdan çiqmayotgandi. Uruş boşlanganidan 4 oy ötib, 28 iyun kuni Putin ilk marta Rossiyani tark etib, Markaziy Osiyoga yöl oldi. Bu taşrif nima maqsadda amalga oşirildi?

«Siz yaxşiroq bilasiz»

Putinning taşrifi haqida anons berilganda Imomali Rahmon bilan uçraşuvda köplab masalalarda muloqot qilinişi, xususan, Afğoniston masalasida söz borişi ham aytilgandi. Çindan uçraşuv davomida bu masala tilga olinib, Putin Rossiya ham Afğonistondagi vaziyatga befarq emasligini ta’kidladi.

«Men Rossiya manfaatlari uçun muhim bölgan masalalar böyiça sizga ma’lumot beraman. Qöşni Afğonistonda voqealar qanday rivojlanayotgani haqida sizning fikringizni ham bilişni istardim», dedi Putin.

Uning aytişiça, mamlakat «Tolibon» bilan munosabatlarni şakllantirişga intilmoqda. Putin Afğonistonda nazorat örnatgan «Tolibon» haqida taşkilot nomini aytmay gapirgan.

«Vaziyatni nazorat qilayotgan siyosiy kuçlar bilan munosabatlarni şakllantirişga harakat qilyapmiz. Ammo avval aytganimiz kabi mamlakatdagi barça etnik guruhlar mamlakat boşqaruvida iştirok etişi kerak deb hisoblaymiz.

Bu borada işlaşda davom etamiz, Afğonistondagi barça siyosiy kuçlar bilan aloqa örnatganmiz. Lekin u yerda nimalar bölayotgani sizga yaxşiroq körinadi va nimalar qilsak, birgalikda javobgar bölganimiz mintaqadagi xavfsizlik ta’minlanişini yaxşi bilasiz. U yerdagi vaziyat qöşni davlatlarning birortasiga zarar yetkazmaydigan va köp millatli Afğoniston xalqi uçun ham foydali holatda rivojlanişi kerak», dedi Rossiya prezidenti.

Putin Afğoniston delegatsiyasi yaqinda Peterburgda ötgan iqtisodiy forumda iştirok etganini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti bejiz barça etnik guruhlar rahbariyatda bölişi haqida gapirmagan. Mintaqada faqat Tojikiston Afğoniston «Tolibon» qöliga ötganini oçiq qöllamay, yangi rahbariyatda tojiklarga ham örin beriş kerakligini aytib keladi. Putin yuqoridagi fikrlari bilan bu borada Tojikistonni qöllaşini bildirdi, deyiş mumkin.

Putin uruş boşlanganidan buyon ilk marta Rossiyadan taşqari çiqdi va uning nega Tojikistonga borgani borasida köplab mulohazalar bildirilmoqda. Xususan, Putin şu tariqa xalqaro siyosatga qaytganini körsatişga urinmoqda, degan fikrlar ham yangradi.