Birinçidan,  mamlakatimiz öz rivojlanişining yangi bosqiçida oçiqlik, izçillik va şijoati  bilan aniq, pragmatik va konstruktiv taşqi siyosatning hozirgi va kelajakdagi strategik vazifalari mohiyatidan kelib çiqadi. Uşbu özgartiriş taşqi siyosatning umume’tirof etilgan prinsiplari, konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlaşga qaratilgan.

Ikkinçidan, dunyoda tahlikaviy vaziyat kuzatilmoqda. Davlatlar örtasidagi özaro kelişmovçiliklar, tortişuvlar, siyosiy taranglik turli darajadagi mojarolarni keltirib çiqarmoqda. Tabiiy ravişda ayrim mintaqalardagi umumiy ahvol va davlatlararo munosabatlarning keskinlaşişi taşqi siyosatda yangi yondaşuvlarni talab etadi. Şuningdek, barça davlatlar bilan döstona va tinçliksevarlik taşqi siyosatini olib borişga doir mazkur yangi prinsipning kiritilişi şu yönalişda olib borilayotgan  işlarning öziga xos mantiqiy davomi böldi, hamda mustahkam yangi konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni şakllantiradi.

Uçinçidan, bunday özgartirişlar, konstitutsiyamiz normalarini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlaş maqsadida kiritilmoqda. Şuningdek, taşqi siyosatni amalga oşirişni “şaxs - jamiyat – davlat” va ijtimoiy davlat paradigmasi bilan uyğunlaştirişga yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Demak, Yangi özgartirişlar Konstitutsiyamiz normalarini inson huquq va manfaatlari va uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlaş maqsadida kiritilmoqda. Bu Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş va keng kölamli islohotlarning konstitutsiyaviy asosi bölib xizmat qiladi;  davlat taşqi siyosatining xatti-harakatlari yaxlit mujassamlaşgan şaklda eng oliy hujjatda siyosiy-huquqiy kafolat sifatida mustahkamlaydi. Öz navbatida davlatimiz rivojlanişning xalqaro siyosatdagi yangi istiqbolini belgilaydi; Konstitutsiyamizga barça davlatlar bilan döstona va tinçliksevarlik taşqi siyosatini olib borişga doir mazkur yangi prinsipning kiritilişi mazkur işlarning öziga xos mantiqiy davomi böldi hamda mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini şakllantiradi.

S.A. Jörayev,
Toşkent davlat şarqşunoslik
universiteti professori