30 iyun, payşanba kuni Dpa agentligi xabar berişiça, AQŞdagi eng yirik eksport gaz terminallaridan biri Freeport LNG iyun boşida sodir bölgan yonğin tufayli noma’lum muddatga yopiq qoladi. Bu Amerika STGni Yevropaga eksport qiliş uçun asosiy terminallardan biri hisoblanadi, deya qayd etgan agentlik.
Yonğindan söng, AQŞ Transport vazirligi Freeport LNG kompaniyasiga har hafta terminal holati hisobotlarini taqdim etişni topşirdi, uni faqat federal hukumat ruxsati bilan qayta işga tuşiriş mumkin. Freeport LNG dastlab qayta işga tuşiriş biroz vaqt olişi mumkinligi haqida ogohlantirdi, ammo hozir vaziyat yanada noaniq, deb yozadi Dpa.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, endi qayta işga tuşiriş yana bir oyga keçiktirilişi mumkin va terminal joriy yilning oktyabrida işlay boşlaydi. Mamlakat Transport vazirligi zavodning qöşimça çoralarsiz işlaşi aholi xavfsizligi va atrof-muhitga xavf tuğdirişini aniqladi.
Terminaldagi yonğin 8 iyun kuni sodir bölgan. Hukumat hisobotiga köra, bunga vakuumli izolyatsiyalangan quvur liniyasidagi bosim öçiriş klapanining nosozligi sabab bölib, natijada quvurning yorilişi va yonğin çiqişi kuzatilgan.
Handelsblatt naşri tomonidan sözlari iqtibos keltirgan Postbank eksperti Dirk Steffenga köra, Texasdagi terminal AQŞ gaz eksporti hajmining deyarli 17 foizini - kuniga 56,6 million kub metrni taşkil qilgan. Jefferies investitsiya banki hisob-kitoblariga köra, zavoddan yuborilgan STGning qariyb 70 foizi Yevropa bozoriga möljallangan. Şu tariqa, terminal Yevropaning Rossiya gazidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş rejalarida muhim rol öynaydi, deya qayd etadi Dpa.
Mart oyida Yevropa davlatlarining Ukrainadagi uruş tufayli Rossiya gazini yetkazib berişni töxtatiş qarori fonida AQŞ Energetika vazirligi Meksika körfazidagi terminallardan qöşimça STG eksporti uçun ikkita uzoq muddatli ruxsatnoma berdi.
«AQŞ STG global energiya xavfsizligining muhim tarkibiy qismi bölib qolmoqda va Energetika vazirligi ittifoqçilarimiz va savdo hamkorlarimizni zarur energiya bilan ta’minlaşda yordam beriş yöllarini izlaşga sodiq qoladi», deya ma’lum qildi idora.
Mamlakat Energetika vazirligining xabar berişiça, Amerika suyultirilgan gazi eksporti yil oxirigaça yangi quvvatlarning işga tuşirilişi hisobiga yana 20 foizga oşişi kerak va Yevropadagi STG importining yarmidan köpi AQŞ hissasiga töğri keladi.












