30 iyun kuni Adliya vazirligi va Konrad Adenauer fondi tomonidan taşkil qilingan seminar treningdagi nutqida germaniyalik media ekspert Rene Falkner OAVda şaxs daxlsizligi mavzusida gapira turib, Germaniyada matbuot töğrisidagi qonun yöqligini aytdi. Kun.uz muxbiri matbuot töğrisida alohida qonun bölmagan davlatda soha qanday tartibga solinişi bilan qiziqdi.

«Bu yerda matbuot töğrisida yoki unga aloqador qonun yöq. Lekin jurnalistlarda köngilli ravişda özini nazorat qiliş majburiyati bor. Ya’ni Germaniyadagi barça gazeta va naşrlar birlaşib, bitta uyuşma tuzişgan. Mana şu uyuşma boşçiligida öziga xos «matbuot kodeksi» işlab çiqilgan. Unda agar jamoatçilik jurnalistlarning u yoki bu materialidan norozi bölsa, sudga murojaat qiliş huquqi körsatilgan.

Ular öziga berilgan vakolatni suiiste’mol qilişi borasida ma’lumotlarni esa quyidagi jadvalda körişimiz mumkin. 1990 yildan 2019 yilgaça bölgan davrda jurnalistlar Matbuot kodeksini suiiste’mol qilgani böyiça jami 969 ta şikoyat qilingan.

3-örindagi eng köp murojaat jurnalist öz kasbiga yoki yoritayotgan mavzusiga nisbatan suiiste’mol qilişga taalluqli. Keyingi eng köp murojaat esa reklama va maqolaning bir-biridan töliq ajratilmaganidan qilingan şikoyatlarga töğri keladi.

1-örindagi eng köp şikoyat bölsa, bu şaxsiy daxlsizlikka doir çegara buzilgan, deya qilingan şikoyatlar.

Matbuot kodeksidan taşqari, Germaniyadagi OAVlarning har birida öziga xos nazorat organi bor. Ya’ni ular tahririyat matbuot kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilişini nazorat qilib boradi», – deydi germaniyalik mutaxassis.

Tadbirda qatnaşgan yana bir media ekspert Gulmira Şukurovaning tuşuntirişiça, Germaniyada matbuotga doir birorta alohida qonunning yöqligi bir tarafdan erkinlik va yengillik hisoblanadi. Şu bilan birga, nemis OAVlari fuqarolar yoki amaldorning boşqa qonunlarda nazarda tutilgan – şaxsiy huquq va erkinliklariga, davlat organlarining iş yurituviga doir tartiblarga rioya qiladi. OAVning davlat taşkilotlari yoki jamoatçilik bilan paydo bölgan muammolari bosimlar orqali emas, balki faqat sud orqali hal qilinadi.