Qömita ma’lumotlariga köra, 2021-2022-öquv yili boşiga respublikadagi umumta’lim muassasalarida jami 510 046 nafar öqituvçilar faoliyat yuritmoqda.

Qayd etilişiça, jami öqituvçilarning 53,1 foizi qişloq maktablarida va 46,9 foizi şahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. 

Umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan jami öqituvçilardan:

  • örta maxsus ma’lumotlilar – 9,9 foizni;
  • oliy ma’lumotlilar – 90,1 foizni taşkil qiladi.

Respublikada umumta’lim muassasalarida bitta öqituvçiga örtaça 12 nafar öquvçi töğri kelmoqda.

Bundan oldin Özbekistonda maktab öquvçilari köproq qaysi xorijiy tilni örganayotgani oçiqlangandi.