Siyosiy tahlilçi Kamoliddin Rabbimov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Özbekiston Konstitutsiyasining Qoraqalpoğistonga oid moddalariga taklif etilayotgan özgarişlar Qoraqalpoğistonda turliça qarşi olinayotgani masalasiga munosabat bildirdi.
“Konstitutsiyamizning 70–75-moddalarini özgartiriş taklifi ba’zi qoraqalpoq döstlarimizda – qardoşlarimizda ma’lum xavotirlarga sabab bölibdi. Men har doim mintaqada integratsiya, birlaşuv tarafdori bölganman. Özbekistonni Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirğiziston bilan, qolaversa, Ozarboyjon va Turkiya bilan strategik yaqinlaşuvi, ittifoqçiligi, birligi tarafdori bölganman!
Özbekiston davlat tuzilmasi, sobiq SSSR davrida, ongli ravişda ziddiyatlar bilan rasmiylaştirilgan edi. Özbekiston, özbeklar tarixda heç qaçon qoraqalpoq jigarlarimizga jabr-zulm qilmagan. Aksinça, tarixda qoraqalpoq jigarlarimizning ajdodlariga jabr-zulm bölganda, Xorazm xonlari bu jigarlarimizni asrab qolişgan edi.
Bugun ham Özbekiston qoraqalpoq jigarlarimiz özligini saqlab, rivojlantiriş yölidan ketyapti. Biz bir millat, bir davlatmiz! Taklif qilinayotgan özgariş – uşbu bir xalq, qardoşlik, jondoşlik orasiga raxna solişi mumkin bölgan taşqi kuçlarga fitnalar uçun imkon bermaslik niyatida bölyapti. Özbekiston qoraqalpoq özligiga, tiliga va madaniyatiga bosim qilmagan va qiliş niyati ham yöq!
Post-sovet hududida bölayotgan provokatsiyalarni körib turib, bu masalada birligimizga qarşi bölgan taşqi kuçlarga imkon bermaslik kerak. Asossiz xavotir olayotgan qardoşlarimizga murojaatim şuki, globallaşgan dunyoda, Özbekistonda qoraqalpoq özligiga, tili va madaniyatiga bölgan hurmat-ehtirom, bölgan va oşib boradi”, – deya yozdi Rabbimov.
Eslatib ötamiz, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 24 iyundagi yalpi majlisida Özbekiston Konstitutsiyasiga özgartişlar kiritiş böyiça Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi tomonidan taklif sifatida işlab çiqilgan qonun loyihasi va Konstitutsiyaviy komissiya tayyorlagan qonun loyihasini birlaştirişga qaror qilingan edi.
25 iyun kuni oçiq muhokamaga çiqarilgan qonun loyihasida Konstitutsiyaning Qoraqalpoğistonga oid 17-bobiga quyidagiça özgartişlar kiritiş taklif etilmoqda:














