Norma’ning yozişiça, prezidentning «Vatan tayançi» bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan «Vatan tayançi» bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etilgan.

Nizom bilan jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari va ulardan foydalaniş tartibi belgilandi. Jamğarma mablağlari quyidagilar hisobiga şakllantiriladi:

  • davlat organlari va taşkilotlari, şu jumladan, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşiriş böyiça dasturlar, «yöl xaritalari» doirasida belgilangan tartibda ajratiladigan mablağlar;
  • «Vatan tayançi» harakati vaqtinça böş mablağlarini davlat uluşi bölgan tijorat banklari depozitlariga joylaştirişdan tuşadigan tuşumlar;
  • yuridik va jismoniy şaxslar, şu jumladan, Özbekiston norezidentlari homiylik xayriyalari;
  • xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari, şuningdek, boşqa xorijiy donorlar grantlari;
  • qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Jamğarma mablağlarni quyidagilarga sarflaş huquqiga ega:

  • öquvçi yoşlarga har tomonlama ta’lim-tarbiya beriş maqsadida umumta’lim maktablarida amaliy va texnik yönalişdagi tögaraklar faoliyatiga;
  • «Vatan tayançi» harakatini saqlaş, moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş va mustahkamlaşga;
  • konferensiyalar, amaliy maşğulotlar, treninglar, şuningdek, madaniy-ma’rifiy, ommaviy-madaniy va boşqa tadbirlar ötkazişga.