Amaliy tomondan Qoraqalpoğistonning respublika sifatidagi barça alohida huquqlari saqlanib qolmoqda. Bu borada noxolis fikr aytişdan oldin bir öylaylik. Aslida bu özgarişlar bilan juda katta kafolatlarga ega bölmoqda.
Qoraqalpoğistonning özining parlamenti – Jöqorği Kengesi saqlanib qolmoqda, respublika maqomi özgarmayapti, öz hududi, Vazirlar kengaşi, tili, davlat gerbi, bayroği, Konstitutsiyasi, parlamenti va boşqa vakolatlari saqlanib qolmoqda.
Fakt nuqtayi nazaridan gapiradigan bölsak, Qoraqalpoğistonning biror-bir huquqi yoki imkoniyatlari amalda çeklanmayapti.
Faqatgina «atama» çiqarib taşlanmoqda, Qoraqalpoğiston Respublikasiga esa barça huquqlar, vakolatlar va erkinliklar kafolatlanmoqda.
Bundan taşqari, kiritilayotgan özgartirişlar bilan Qoraqalpoğistonga yangi imkoniyatlar, ustuvorliklar va kafolatlar taqdim etilmoqda. Qoraqalpoğistonning oliy mansabdor şaxsi degan qoida kiritilmoqda. Bunaqa norma heç qaçon bölmagan. Bu real davlatçilikning belgisi.
Yoki Orolböyi masalasi Konstitutsiya darajasida belgilanişi heç qaçon tariximizda bölmagan.
Xususan, özgartirişlar Qoraqalpoğiston Respublikasining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, innovatsion jihatdan har tomonlama rivojlanişi uçun zarur moliyaviy, moddiy, taşkiliy-texnik va boşqa şart-şaroitlarni yaratiş kafolatlarini beradi.
Sayfiddin Jurayev,
siyosiy fanlar doktori
















