Turkiya prezidanti Rajab Toyib Erdöğan konstitutsiyaga davlat rahbarining vakolatlarini kengaytirişni nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritiş böyiça qonun loyihasini ma'qulladi. Bu haqda Habertürk xabar berdi.

30 yanvar kuni Turkiya parlamenti komissiyasi mamlakat konstitutsiyasiga kiritiladigan tuzatişlar loyihasini tasdiqlagandi, bu tuzatişlar Turkiya prezidenti vakolatlarini kengaytiradi.

Uni hukmron «Adolat va taraqqiyot partiyasi»ning 316 deputati imzoladi.

Qonun loyihasini muhokama qiliş 20 dekabrda boşlanib, töqqiz kun davom etdi. Sönggi kunda komissiya muhokamaga 17 soat sarfladi.

Qayd etilişiça, konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş böyiça referendum şu yilning 16 aprelida bölib ötadi.

Agarda özgartişlar qabul qilinsa, Rajab Toyyib Erdöğon amalda ijro hokimiyatining yagona rahbariga aylanadi.

Ötgan oyda, 11 yanvar kuni Turkiya parlamenti deputatlari mamlakat konstitutsiyasiga kiritilişi taklif etilayotgan özgarişlar muhokamasi çoğida muştlaşgani haqida xabarlar berilgandi.

21 yanvar kuni esa Turkiya parlamentida konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi ayol deputatlar örtasidagi muştlaşuvga sabab böldi.

Hukmron «Adolat va taraqqiyot partiyasi» tomonidan taklif etilgan tuzatişlarga norozilik sifatida mustaqil deputat Aylin Nozlioqa özini parlament minbariga kişanladi. U hamkasblarini konstitutsiyaviy islohot loyihasini rad etişga çaqirdi, biroq siyosiy muxoliflari Aylinni kuç bilan çiqarib yubordi.