“UzAuto Motors” kompaniyasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti topşiriğini bajarib, 2022 yilning birinçi yarim yilligida 160 000 dona avtomobil işlab çiqardi. 

Kompaniya öz faoliyatini boşlaganidan buyon, birinçi marta birinçi yarim yillikda zavodda 160 000 dona avtomobil işlab çiqarildi. Şunday qilib, korxona mehnat jamoasi nafaqat Prezident topşiriğini bajaribgina qolmay, balki işlab çiqarişning yangi rekordini örnatdi. 

Yangi işlab çiqariş rekordi şarafiga yiğiş sexida 160 000-çi avtomobilning çiqişiga tantanali tadbir taşkil etildi.

Korxona rahbarlari öz çiqiş sözlarida yiğilgan xodimlarni jamoaning erişgan ğalabasi bilan samimiy tabriklaşdi.

"UzAuto Motors" AJ boş direktori Bo Andersson mamlakat prezidenti tomonidan jamoa oldiga qöyilgan maqsadga erişişda qöşgan hissasi uçun barça xodimlarga öz minnatdorçiligini bildirdi. Şuningdek, Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobil modellarini kutiş muddati qisqartirilgani hamda kompaniyaning yaqin orada maqsadi, Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari işlab çiqarilişini muvaffaqiyatli yölga qöyiş ekanini ma’lum qildi. 

Işlab çiqariş va texnologiyalarni rivojlantiriş böyiça boşqaruvçi direktor Iqbol Jörayev barça xodimlarning mehnatsevarligi, qat’iyati va sabr-toqati uçun minnatdorçilik bildirdi.

Xorazm filiali boşqaruvçi direktori Sobir Jumaniyozov barçani a’lo natija bilan tabrikladi, xodimlarni boşqariş direksiyasi direktori Ilhom Tairov esa kompaniya bunday yuqori natijalarga butun jamoaning sa’y-harakati, birdamlik va hamjihatlilik bilan qilgan mehnati hamda yuqori darajadagi taşkilotçiligi sababli erişganini alohida ta’kidlab ötdi.

Kompaniya kasaba uyuşmasi raisi Öktam Mirzayev “160 000 – bu kimlardir uçun şunçaki raqam bölişi mumkin. Ammo faqat bizning xodimlarimiz uşbu raqamlar ortida qanday investitsiya, qanday maşaqqat va qanday mehnat borligini bilaşadi”, – deya gapirib ötdi.

Şuningdek, öz işini yaxşi körsatkiçlar bilan qayd etgan xodimlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanişdi. Tadbirdan söng butun jamoa uçun bayramona tuşlik dasturxoni taşkil etildi.

Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors