«Nukus—Beyneu—Nukus» yönalişida qatnovçi xalqaro yölovçi poyezdining 3 kungi bitta reysi bekor qilindi. Bu haqda «Öztemiryölyölovçi» xabar berdi.

«Nukus — Beyneu — Nukus» yönalişida qatnovini amalga oşiradigan 647/648-sonli xalqaro yölovçi poyezdining harakati texnik sabablarga köra bir reysga bekor qilinadi. Xarid qilingan çiptalarning summasi töliq qiymatda öz egalariga qaytarib beriladi», deyiladi xabarda.

«Öztemiryölyölovçi» AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uçun yölovçilardan uzr söragan.

Qöşimça ma’lumotlarni Toşkent şahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryöl kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib oliş mumkinligi aytilgan.

Bundan oldinroq Qönğirotdagi «Dovud ota» posti orqali Özbekiston va Qozoğiston örtasida fuqarolar, avtomobillar va yuklar harakati vaqtinça töxtatilgani xabar qilingandi.