Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Nukus şahriga keldi. Davlat rahbari Jöqorği Kenges deputatlari, Qoraqalpoğiston faxriylari va faollari bilan uçraşuv ötkazmoqda.

“Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpoğiston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni örgangan holda Prezidentimiz Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-, 71-, 72-, 74-, 75-moddalarini amaldagi tahrirda özgarişsiz qoldiriş zarurligini ta’kidladi”, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Eslatib ötamiz, Konstitutsiyani takomillaştirişga oid qonun loyihasining 25 iyundan boşlangan jamoatçilik muhokamasi 4 iyulgaça (şu kuni ham) davom etadi.