Jöqorği Kengesdagi yiğiliş videosidan parçani prezident matbuot xizmati e’lon qildi.

“Salgina e’tirozim, özlaring boş bölib, özlaring taşabbus bilan çiqib, özlaring qöl qöyib, özlaring sözga çiqib, özlaring tasdiqlagansizlar.

[...] Men har doim oçiqman-ku, nega telefon qilib aytmading, odamlar mana şunday norizo va hokazo deb. Men ham odamman-ku, menga ham Qoraqalpoğistonning ertangi kuni, tinçligi kerak-ku. Şunça qilgan mehnatimizni şarmanda qiliş kimga kerak?

Maqsad-muddaomiz nima özi? Maqsad-muddaomiz – vatanimizda har bir odam millatidan, elatidan, tilidan, dinidan qat’i nazar özini erkin tutib, emin-erkin yaşaşi.

Konstitutsion islohot faqat xalqning ertangi kunini yaxşi qiliş uçun. Lekin qoraqalpoq xalqi norozi bölsa, bironta modda özgarmaydi heç qaçon. Şuning uçun har bir deputat özlarining takliflarini yana bir marta aytsa, 70, 71, 72, 74, 75-moddalarga bironta özgartiriş kiritilmaydi”, ­– dedi Şavkat Mirziyoyev.