Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritişga oid qonun loyihasidan Qoraqalpoğiston Respublikasi maqomiga oid qismi çiqarildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida ma’lum qilindi.
Yiğilişda bugungi kunga qadar Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan 60 mingga yaqin taklif kelib tuşgani ta’kidlandi.
Qonunçilik palatasi «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini yana 10 kunga - 2022 yil 15 iyulgaça uzaytiriş haqida qaror qabul qildi.
Deputatlar Özbekiston Respublikasining prezidenti tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi faollari bilan bölib ötgan uçraşuvda bildirilgan takliflarni inobatga oliş zarur deb topişdi.
Ya’ni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari özgarişsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qoliş maqsadga muvofiq körildi.

3 iyul kuni Nukusda faollar bilan uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya faqat Özbekiston xalqining taklif va fikrlari asosida özgartiriladi hamda takomilga yetkazilişini, Qoraqalpoğiston Respublikasining huquqiy maqomiga oid 70, 71, 72, 74, 75-moddalarni amaldagi tahrirda, özgartirmasdan qoldirişni taklif etganini aytgandi.













