«Har qanday yovuz fitna va harakatlarga o‘z vaqtida va keskin zarba berishga qodirmiz» - Shavkat Mirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning izchil va barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo‘lmagan turli buzg‘unchi tashqi kuchlar ham mavjudligini qayd etdi.
«Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida yangi keskinlik o‘choqlari paydo bo‘lmoqda, millatlar va konfessiyalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, radikalizm va ekstremizm xavfi tobora ortib bormoqda.
Mana shunday tahlikali sharoitda biz barqarorlik va xavfsizligimizga ziyon yetkazadigan har qanday tahdid va xatarlarga keskin qarshi turishimiz shart.
Ayni vaqtda shuni e’tirof etish kerakki, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo‘lmagan turli buzg‘unchi tashqi kuchlar ham mavjud.
Ushbu kuchlar tomonidan yurtimizdagi osoyishta vaziyatni izdan chiqarish, fuqarolarimizning ishonchiga kirib, ularni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli maqsadlar amalga oshirildi va bunday urinishlar bundan keyin ham sodir bo‘lishi mumkin», degan prezident.
Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqi bugungi barcha qiyinchiliklarni albatta munosib ravishda, mardona yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.
«Xalqimizni qat’iy ishontirib aytmoqchiman: davlatimiz, el-yurtimizga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan bunday kuchlarning har qanday yovuz fitna va harakatlariga o‘z vaqtida va keskin zarba berishga qodirmiz.
Ishonchim komilki, biz bugungi barcha qiyinchiliklarni albatta munosib ravishda, mardona yengib o‘tamiz. Chunki xalqimiz azal-azaldan o‘zining donishmandligi, mardligi va matonati, do‘stlik va tinchliksevarlik fazilatlari bilan dunyoda obro‘-e’tibor va hurmat qozonib keladi.
Bunday ezgu qadriyatlar bizning qonimizga, ruhimizga yoshlik chog‘imizdan boshlab chuqur singib ketgan. Va hech kim ularni bizdan tortib ololmaydi.
Bugungi kunda butun xalqimiz va jamoatchiligimiz yanada jipslashib, barcha darajadagi rahbarlar hushyorlik va ogohlikni keskin oshirib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mamlakatimizni jadal rivojlantirish, xalqimizning farovonligini ta’minlash hamda odamlarni rozi qilish borasida belgilab olgan vazifalarimizni amalga oshirish uchun barcha kuch-imkoniyat va resurslarni safarbar etishimiz shart», dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024