Çirçiq daryosining öng tomonida, daryo özanidan 220 metr uzoqlikdagi «Çangallik» qabristoni şimoli-şarqdan janubi-ğarbga qadar çözilgan. Uning uzunligi 390 m, kengligining qisqa joylari 75 m, eng keng joyi esa 125 m. Qabristonning örtasida balandligi 2 metr, yer maydoni 0,44 gektar keladigan törtburçak şakldagi tepalik ajralib turadi. 

Tepalik közdan keçirilganda uning arxeologik yodgorlik örni ekani aniqlangan. Tepalik sirtidan IX-X asrlarga oid bölgan sirlanmagan, qora böyoqli, tirnab bezak berilgan sopol idiş namunalari va 20x20x35 santimetr hajmdagi pişgan ğiştlar topilgan.

Şuningdek, tepalikda arab harflari öyib yozilgan marmartoşlar aniqlangan. Qabrtoşdagi yozuvlarga qaraganda ular hijriy 1295, 1313 va 1317 yilda vafot etgan şaxslarga atab qöyilgan. Milodiy yil hisobida bu XIX asrga töğri keladi.

Bundan taşqari, qabriston qorovuli tomonidan topilgan közaça ham davlat muzeyiga topşiriş uçun olingan.

Topilmalar «Çangallik» qabristonining arxeologik yodgorlik ekanini, IX-X asrlarda qişloq örni bölganini, XIX asrdan boşlab qabriston vazifasini ötab kelayotganini körsatgan.