Surxondaryoning ikkita tumanida joylaşgan arxeologik yodgorliklar fuqarolar va xususiy korxona tomonidan buzib taşlangan. Bu haqda Boş prokuratura xabar bermoqda.
Jumladan, prokuratura va Madaniy meros agentligi xodimlari tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V–VII asrlarga oid “Qoraboğtepa-1” arxeologik yodgorligining 585 metr kub maydoni fuqaro S.S. va M.S. tomonidan uy-joy quriş maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Şuningdek, Sariosiyo tumanidagi miloddan avvalgi III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3 500 metr kub maydoni “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona quriş maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd sömlik zarar yetkazilgan.
Qayd etilişiça, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Boş prokuraturaning eslatişiça, mazkur jinoiy qilmişlar qonunçilikka asosan oğir jinoyat hisoblanib, aybdor şaxslarga nisbatan 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllanadi.












