Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan Samarqand şahridagi Şohi-Zinda köçasida joylaşgan Afrosiyob arxeologik obekti yaqinida yer qaziş işlari olib borilgani haqida xabar qoldirilib, madaniy meros hududida quriliş işlari olib borayotgan korxonaga çora körişni sörab murojaat qoldirilgan.
Madaniy meros agentligi axborot xizmatining xabar berişiça, uşbu murojaat yuzasidan 2022 yil 16 may kuni Samarqand viloyati madaniy meros boşqarmasi va arxeologiya instituti xodimlari iştirokida örganiş işlari olib borilgan.

Örganiş davomida aniqlanişiça, YuNeSKO tomonidan Umumjahon merosi röyxatiga kiritilgan Afrosiyob arxeologik obekti yaqinida obodonlaştiriş bilan boğliq inşoot quriş uçun 9x9x2,5 metr (180 metr kub) yer kovlangan.
Şurf örganilganda quriliş işlari olib borilayotgan joydan örta asrlarga oid sopol buyum qoldiqlari, ğişt bölaklari va şurfning yuqori qismida qabriston qoldiqlari aniqlangan.
«Yuqoridagilarni inobatga olib, qaziş va quriliş işlarini olib borgan taşkilot böyiça aniqlik kiritgan holda, uşbu taşkilotga nisbatan çoralar köriladi», deyiladi Madaniy meros agentligi axborot xizmatining xabarida.
Avvalroq Surxondaryoda Mirzo Uluğbek davriga oid xazina topilgandi.











