AQŞning Yevropa va Afrikadagi qömondonligi Germaniyada NATOga a’zo 19 mamlakat va alyans hamkorlarining 3 mingga yaqin harbiy xizmatçilari iştirokida 24 iyulgaça davom etadigan Dynamic Front maşğulotlarini boşlaydi. 

Maşğulotlarda iştirok etadiganlarning 1800 nafarga yaqinini AQŞ armiyasi, qolgan 1200 nafarini Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Polşa, Turkiya, Finlandiya, Fransiya, Estoniya va boşqa mamlakatlar harbiylari taşkil etadi. 

18-23 iyul kunlari Bavariyadagi Grafenvyor poligonida öq otiş maşğulotlarini ötkaziş rejalaştirilgan. Maşğulotlarga NATO mamlakatlarining 80ga yaqin artilleriya tizimlari jalb etiladi. 

Yevropada Dynamic Front maşğulotlari 2015 yildan buyon ötkazib kelinadi.