Tadbirda Özbekiston tomonidan Boş vazir örinbosari – Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov, Yevropa tomonidan esa Yevropa Ittifoqi Oliy vakili xizmatining rahbari Pedro Serrano iştirok etdi.
Yangi bitim Özbekiston va YeI örtasidagi 1996 yilda imzolangan amaldagi şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim örniga işlab çiqilgan hamda ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişi közda tutilgan.
Amaldagi Bitim asosan siyosiy muloqot, demokratiya, inson huquqlari sohasidagi hamkorlik, madaniy aloqalarni ilgari suriş, moliyaviy va texnik hamkorlik, investitsiyalar, tovar va xizmatlar savdosi, şuningdek intellektual mulkni himoya qiliş borasidagi qoidalarni öz içiga oladi.
KŞHTB kengroq masalalarni qamrab oladi. Ular orasida savdo va unga tegişli masalalar, şu jumladan bojxona ma’murçiligi, texnik jihatdan tartibga soliş, sanitariya va fitosanitariya çoralari, raqobat va davlat korxonalarining faoliyati, davlat xaridlari, nizolarni hal qiliş va boşqa sohalar bilan boğliq qoidalardan iborat.
Bundan taşqari, yangi Bitim Jahon savdo taşkilotining asosiy qoidalarini öz içiga olgani natijasida investitsiyaviy şeriklik, tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi sohalaridagi munosabatlar doirasi sezilarli darajada kengaytirildi.
Şuningdek, KŞHT bitimi taşqi siyosat, xavfsizlik, mojarolarning oldini oliş va risklarni boşqariş, şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, boşpana beriş va çegaralarni boşqariş, noqonuniy migratsiya, uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraş, terrorizmga qarşi kuraş kabi yangi sohalarni öz içiga oladi.
Şuni ta’kidlaş kerakki, yangi bitim endi hadli bölmasdan, balki Özbekiston va Yevropa Ittifoqi örtasida, boşqa yönalişlar qatorida, savdo-iqtisodiy aloqalar sohasida keng kölamli hamkorlikning tölaqonli mexanizmini yaratadi.
KŞHTB loyihasi böyiça muzokaralar 2019 yil fevral oyida boşlangan va 2022 yil iyun oyi oxirida yakunlangan. Uşbu davr mobaynida ekspertlar, boş muzokaraçilar hamda hukumat a’zolari darajasida 10 raund muzokaralar va 150 dan ortiq uçraşuvlar bölib ötdi.
Şubhasiz, KŞHTB Özbekistonning köp tomonlama savdo tizimiga yanada integratsiyalaşuviga yordam beradi, bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini mustahkamlaydi, xorijiy investorlar va işbilarmon doiralarning mamlakatga bölgan işonçi va qiziqişini oşiradi, şuningdek, mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorlari bilan savdo sohasida hamkorlik qiliş uçun yangi imkoniyatlarni oçadi.













