Iqtisodiyot | 16:13 / 07.07.2022
11738
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi 10 900 so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda dollar kursi mustahkamlanishi davom etmoqda.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 24,43 so‘mga ko‘tarilib, 10 912,30 so‘mni tashkil qildi. Yevro 6,42 so‘mga qimmatlab, 11 138,18 so‘m bo‘ldi.

Rubl 3,62 so‘mga oshib, 172,46 so‘m bo‘ldi. 

Dollar kursi qatorasiga uchinchi kun mustahkamlandi, bundan avval ushbu valuta kursi 27,73 so‘mga ko‘tarilib, 10 887,87 so‘mni tashkil qilgandi.

Mavzuga oid