Rossiya, Eron va Xitoy Lotin Amerikasida – Venesuelada birgalikda harbiy maşğulotlar ötkazişga tayyorlanmoqda. Bu haqda AQŞdagi Xavfsiz erkin jamiyat analitika markazi (SFS) hisobotida ma’lum qilindi. 

Qayd etilişiça, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro avgust örtalarida «Snayper çegarasi» harbiy öyinlarini qabul qiladi. Moskva, Pekin va Tehron boşqa iştirokçilar qatorida öz qurolli kuçlarini Ğarbiy yarimşarga olib ötadi va «ilğor kuçlarini Lotin Amerikasi va Karib havzasiga joylaştiradi». 

Analitika markazi ekspertlarining fikriça, AQŞning siyosiy raqiblari birlaşmoqda va «mintaqa köpqutbli kuçlarni qabul qilişga şayligi töğrisida bayonot berişga tayyorlanmoqda». 

«Bugungi kunda harbiy maşğulotlar Amerikaga qarşi rejimlardan tuzilgan Lotin Amerikasi koalitsiyasi Rossiya bilan munosabatlarni yaxşilaş ustida işlayotganining oşkora alomatlaridan biri», — deyiladi hisobotda. 

2022 yil yanvarida Rossiya, Eron va Xitoy Hind okeanida qöşma harbiy-dengiz maşğulotlarini ötkazgandi.