2021 yilda xorijda murakkab vaziyatga tuşib qolgan 321 nafar Özbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan bölsa, 2022 yil 6 oyi davomida uşbu körsatkiç 427 nafarni taşkil etgan.
“Özbekistonga qaytarilganlarning aksariyatini turli sabablarga köra çet elda qiyin vaziyatda qolib ketganlar, jumladan, vaqtinça saqlaş markazlarida saqlanayotganlar, oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolganlar, tibbiy yordamga muhtojlar taşkil etadi. Mana, kuni keça agentligimizning Moskva şahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan işlaş va ularga huquqiy kömaklaşiş markazi xodimlari yordami bilan mahalliy korxonada işlayotgan vaqtida jarohat olib, mehnatga layoqatsiz bölib qolgan yurtdoşimiz Özbekistonga davlat hisobidan olib kelindi. Bundan taşqari, uşbu fuqaroga mehnatga layoqatsiz bölib qolgani uçun kompensatsiya puli, davolaniş xarajatlarini iş beruvçidan undirib beriş masalasi ham hal qilinmoqda”, deydi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliğining matbuot kotibi Ortiqxöja Norov.
Uning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2022 yilda xorijdan Özbekistonga olib kelingan 427 kişidan 69 nafarining xarajatlari Mehnat vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi hisobidan qoplangan.
“Çet elda qiyin holatga tuşib qolgan özbekistonliklarni vazirlik huzuridagi jamğarma mablağlari hisobidan qaytarişning ham öziga yaraşa şartlari bor. Jumladan, buning uçun mehnat muhojirlari mehnat şartnomasi, işlaş huquqini beruvçi patent va boşqa hujjatlarga ega bölişi, ya’ni çet elda qonuniy tarzda faoliyat yuritişi talab etiladi.
Şu bois ham joriy yilda vatanga olib kelinganlardan 37 nafarining xarajatlari xorijiy mamlakatdagi vakillarimiz topgan homiylar mablağlari hisobidan qoplangan. 3 nafar özbekistonlik Xalqaro migratsiya taşkiloti hisobidan, qolgani esa Özbekistonning çet davlatdagi konsullik idoralari tomonidan qaytarilgan”, deydi Ortiqxöja Norov.
Avvalroq aprel oyida xorijda qiyin ahvolga tuşib qolgan 214 nafar fuqaro Özbekistonga qaytarilgani ma’lum qilingandi.












