Qayd etilişiça, xorijdan qaytgan 282 ming 330 nafar fuqaroning 176 ming 941 nafari bandligi ta’minlangan, şu jumladan 23 mingdan ortiği mehnat organlari tomonidan bandlik xizmatlari körsatiş orqali iş bilan band qilingan, 4 ming 293 nafari kasb va tadbirkorlikka öqitilgan.
Şuningdek, 43 ta özbek diasporasi va 2 ta vatandoş bilan hamkorlik kelişuvlari imzolandi. Şundan:
- 32 tasi Rossiya Federatsiyasi;
- 6 tasi Qozoğiston;
- 1 tasi Qirğiziston;
- 1 tasi Yaponiya;
- 1 tasi Ukraina;
- 1 tasi Portugaliya;
- 1 tasi Tailand;
- 1 tasi AQŞ;
- 1 tasi Fransiya.
Aprel oyida 55 nafar fuqaro Rossiya Federatsiyasi IIVning vaqtinçalik saqlaş markazlaridan vatanga qaytarildi.
Bundan oldin Moskvada quriliş kompaniyasi 100 nafarga yaqin özbekistonlikning maoşini öz vaqtida bermagani aniqlangandi.












