Uşbu bellaşuv örin olgan boks keçasi Angliya poytaxti London şahrida soat 23:00 da boşlanadi. Madrimov – Soro bahsi keçaning asosiy jangi – Derek Çisora — Kubrat Pulev bellaşuvidan oldin bölib ötadi va soat 00:30 da boşlanişi kutilmoqda.

Jangni Zör TV telekanali jonli efirda namoyiş etişni rejalaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, ikkala boksçi 2021 yili 17 dekabrda Toşkentda ringda kuç sinaşişgan va rasmiy qarorga köra, Madrimov 9-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozongan edi. 

Ammo Soro jamoasi hal qiluvçi zarbalar raund yakunlangani töğrisidagi bong jaranglagandan keyin berilganini, referi bahsni vaqtida töxtatmaganini asos qilib, rasman revanş jangini talab etişdi. WBA işni har tomonlama örganib çiqib, öz qoidalariga tayangan holda Soro jamoasining talabini qabul qilgan edi.