IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş departamentining xabar berişiça, 2022 yil 6 iyul kuni IIV Transportda XTBB boşliği nomiga IIB JQB xodimi bildirgi bilan murojaat qilgan.

Murojaatda IIB JQB xodimi özining iş yurituvidagi, «Sirdaryo köpriklardan foydalaniş» DUKga nisbatan hujjatlar töplami yuzasidan, uning sobiq rahbari D.U. özi rahbarlik qilgan vaqtda «Sirdaryo köpriklardan foydalaniş» DUKga nisbatan ötkazilayotgan tergovga qadar tekşiruv jarayonida aniqlangan moliyaviy kamçiliklar yuzasidan çora körmaslik hamda işni ijobiy hal etib beriş uçun 3 ming dollarni pora tariqasida taklif etayotganini ma’lum qilgan.

Uşbu ma’lumotga asosan, 6 iyul kuni soat 15:00 larda IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi Transport IIO böyiça bölimi hamda Transport prokuraturasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, JQB xodimining xizmat xonasida D.U. 3 ming dollarni pora tariqasida bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan fuqaro D.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq Sirdaryoda pora evaziga MÇJga hisoblangan 64 million söm zararni öçirmoqçi bölgan elektr tarmoqlari muhandisi uşlangandi.