Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles boş vazir lavozimini egallaydigan Konservativ partiya rahbarligiga öz nomzodini ilgari surmasligini bildirdi.
«Uzoq öylaganimdan va hamkasblar hamda oilam bilan muhokama qilganimdan söng Konservativ partiya rahbarligiga kuraşda iştirok etmaslikka qaror qildim»,— deb yozdi Uolles öz Twitter akkauntida.
YouGov kompaniyasi ötkazgan sörovga köra, Uolles boş vazirlikka favorit hisoblanayotgandi. Konservativ partiyaning 716 a’zosi orasida ötkazilgan ekspress sörovda u 13 foiz ovoz bilan yetakçi bölgandi.
7 iyul kuni Boris Jonson Konservativ partiya rahbarligi va Buyuk Britaniya boş vazirligidan ketişini e’lon qildi.
Britaniya hukumatida boş vazirga işonçsizlik bilan boğliq jiddiy inqiroz bir neça oydan buyon rivojlanib, şu haftada avjiga çiqdi.
Jonsonning ketişi uning hukumati a’zolari tomonidan körsatilgan misli körilmagan darajadagi bosim natijasi böldi. Sönggi kunlarda 50 dan ortiq vazirlar va vazirliklarning yuqori martabali amaldorlari, şu jumladan Jonsonning ayrim yaqin tarafdorlari - moliya vaziri Rişi Sunak va soğliqni saqlaş vaziri Sajid Javid ham öz lavozimini tark etişdi.
Öz karerasi uçun Boris Jonsondan minnatdor bölsa arziydigan içki işlar vaziri Priti Patel va transport vaziri Grant Şapps ham boş vazirni iste’foga çiqişga çaqirgan.
Payşanba kuni tongida Rişi Sunak örniga tayinlangan yangi kansler Nadim Zahavi, bu lavozimni egallaganiga 48 soat bölmay turib Jonsonni vakolatlarini topşirişga çaqirdi va «mavjud vaziyatga toqat qilib bölmasligi, vaqt ötib vaziyat faqat yomonlaşişi»ni aytdi.











