Dastlabki ikki raundda Madrimov nisbatan faolroq harakat qildi. 3-raund boşida fransiyalik boksçining qoşi yorilişi natijasida jang muddatidan avval yakunlandi va 12 raundga möljallangan bahsda hakamlar texnik durang natija qayd etişdi.

Professional boks qoidalariga köra, jang 4 raunddan oçgan taqdirda oçkolar hisoblanişi mumkin edi. Jang uçinçi raundda yakunlangani uçun natija bekor qilindi va ğolib aniqlanmadi.

Eslatib ötamiz, ikkala boksçi 2021 yili 17 dekabrda Toşkentda ringda kuç sinaşişgan va rasmiy qarorga köra, Madrimov texnik nokaut bilan ğalaba qozongan edi. Jangning 9-raundida Soro gong ovozini eşitmagan Madrimovning bir neça zarbalarini ötkazib yuborişi natijasida referi texnik nokaut qayd etgandi. Bundan norozi bölgan Soro jamoasi taşkilotga revanş berilişini sörab murojaat qilgandi. WBA Soro jamoasi sörovini qabul qilgan va Madrimovga revanş jangida iştirok etiş majburiyatini qöygandi.