Internetda Nukusdagi şifoxonada yotgan çaqaloq öqdan yaralanganligi aytilgan yolğon xabarlar tarqaldi. Milliy gvardiya rasmiy bayonot bilan çiqdi.

“Çet davlatlardan biridagi ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpoğiston halqi nomidan turli feyk xabarlar tarqatişga urinmoqdalar. Unda aks ettirilgan fototasvirga izoh berilib, şifoxonada yotgan çaqoloqning jangovar öqdan yaralanganligi töğrisida aytilgan”, deyiladi bayonotda.

Milliy gvardiya matbuot xizmati xabariga köra, mas’ul xodimlar Respublika şoşilinç tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoğiston filialiga borib, bu xabarni örganişgan. Navbatçi şifokor jarroh Boburbek Tilmurodov tarqatilgan surat va unga berilgan izoh notöğri ekanligini aytib, bunday jarohat olgan çaqaloq şifoxonada umuman qayd etilmaganini tasdiqlagan.

Boşqa bir bayonotda tartibsizliklar sodir bölgan joylardan öqotar qurollardan otilgan gilzalar topilgani aks etgan videotasvirlar tarqatilgani, biroq videotasvirda öqdan halok bölganlar körsatilmagani ta’kidlanadi. Milliy gvardiya xabarida Nukusdagi namoyişlar vaqtida haqiqiy öq-dorilar işlatilmagani yana bir marta takrorlangan.

“Faqat olomonni tarqatiş va tartibsizliklarni bostiriş uçun maxsus vositalar – yoruğlik, şovqin va tutun işlatilgan. Aniqlik kiritib ötamizki, pirotexnika vositalari bilan töldirilgan patronlarning öqlari maxsus 4 öqli qöşimçali Kalaşnikov avtomatidan otiladi. Albatta bunday maxsus vositalarni qöllaş uçun avtomatga paxtovon öqlar joylanadi.

Olomonni tarqatiş uçun işlatilgan bu kabi maxsus vositalar qoldiqlarini topib olgan ayrim fuqarolar provokatsion ruhdagi videoxabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişni maqsad qilişgan. Biroq  huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining bunday vaziyatlarda qurollardan foydalanişi uçun qonuniy asoslari mavjud”, deyiladi bayonotda.

Eslatib ötamiz, Milliy gvardiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça boşqarma boşliği örinbosari Abdijan Abduvaliyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan namoyişlar bölib ötgan köçada qon oqayotgani, göyoki maxsus maşina qonni suv yordamida yuvayotgani iddao qilingan videodagi qon emas böyoq ekani, namoyişlarni tinçitişda bunday usuldan köplab davlatlarda foydalanilişi, tartibsizliklarni tinçitiş maqsadida namoyişçilarga qizil böyoq sepilişidan maqsad ular orasidagi yetakçilarni ajratib oliş ekanini