Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bolalar örtasida noma’lum turdagi gepatit avj olganini ma’lum qildi.

8 iyul holatiga köra, 22 nafar bola kasallik oqibatida vafot etgan. Kasallik aniqlangan 5 apreldan buyon 35 mamlakatda noma’lum turdagi gepatit yuqtiriş bilan boğliq 1010ta holat qayd etilgan.

Kasallikning kelib çiqiş sababi hozirça noma’lum. Qator holatlarda bemorlarda SARS-CoV-2 koronavirusi ham aniqlangan, ammo hozirça bu kasalliklar orasida boğliqlik aniqlanmagan.

Yoş bolalarda kelib çiqişi noma’lum bölgan gepatit kasalligi birinçi marta aprel oyida Buyuk Britaniyada qayd etilgan va öşa paytda önta holat kuzatilgan.