Rasmiy relizga köra, 2022 yil boşidan buyon Özbekiston va BAA örtasidagi savdo hajmi 2 barobar köpaygan; 45 ta yangi qöşma korxona taşkil etilgan. Hamkorlikning eng muhim yönalişlaridan – biri energetika.
Ötgan yili Navoiy viloyatida Özbekistondagi birinçi quyoş elektr stansiyasi aynan BAAning “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda işga tuşirilgan edi. Bugungi kunda u bir keça-kunduzda 1 million 180 ming kilovatt soat elektr energiyasi yetkazib bermoqda.
Bu sohada yana 5 ta yirik loyihani amalga oşiriş kelişilgan bölib, ularning umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarni taşkil etadi. Xususan, “Mubadala” va “Taqa” kompaniyalari bilan hamkorlikda Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylaştiriş va quvvatini oşiriş, “Masdar” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida şamol, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida quyoş elektr stansiyalarini quriş möljallangan.
Mutasaddilar loyihalarning hozirgi holati va yil yakunigaça möljallangan çora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.
Talimarjon issiqlik elektr stansiyasini xususiylaştiriş haqida söz borar ekan, prezident bu loyiha IESlarni boşqariş va energiya işlab çiqarişda namunaviy bölişi kerakligini aytdi.
“Masdar” kompaniyasi bilan qayta tiklanuvçi energetika sohasida amalga oşiriladigan loyihalar 2030 yilgaça mamlakatda “yaşil energetika” uluşini 25 foizga yetkazişda muhim qadam böladi. Şu bois, loyihalarni amalga oşiriş böyiça zarur bitim va hujjatlar imzolaşni tezlaştiriş muhimligi körsatib ötildi, deyiladi xabarda.

















