«Milliy intellektual rivojlaniş» jamğarmasi (MIR, «Innopraktika» brendi ostida işlaydi) boş direktori Katerina Tixonova Rossiya Sanoatçilar va tadbirkorlar ittifoqi (RSTI) qoşidagi import örnini bosiş böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş hamraisi böldi. Bu haqda 13 iyul, çorşanba kuni RBK agentligi RSTI boşqaruvi byurosining Tixonovani tayinlaş töğrisidagi qarori nusxasiga, şuningdek, uyuşma matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

RSTI matbuot xizmati yangi kengaş «import örnini bosiş böyiça RSTI organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, import örnini bosuvçi uskunalarni almaştiriş böyiça muvaffaqiyatli amaliyotlarni umumlaştiriş, import örnini bosişni qöllab-quvvatlaş uçun raqamli xizmatlarni yaratiş va qonunçilik taşabbuslarini şakllantiriş uçun» tuzilganini tuşuntirdi. Uni RSTI raisi Aleksandr Şoxin boşqaradi. 

Hozirda 35 yoşli Katerina Tixonova «Innopraktika» fondiga rahbarlik qiladi. Bundan taşqari, u MDU qoşidagi Murakkab tizimlarning matematik tadqiqotlari instituti direktorining örinbosari va MDU qoşidagi Sun’iy intellekt va intellektual tizimlarni ilğor örganiş instituti rahbari sanaladi. 

Ğarb va Rossiya OAVlari, jumladan Reuters, Bloomberg, BBC mediakompaniyasi va «Meduza» internet naşri Tixonovani Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kenja qizi deb bir neça bor atagan. Kreml uning Putin bilan oilaviy aloqalari haqidagi ma’lumotni tasdiqlamagan, lekin rad ham etmagan. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi ortidan AQŞ, Yevropa ittifoqi, Kanada va Yaponiya Katerina Tixonova, şuningdek, Putinning tönğiç qizi Mariya Voronsovaga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Moskva bu sanksiyalarga javob beradi. Şu tariqa, u Tixonova va Voronsovaning prezident bilan munosabatlarini bilvosita tan olgan.