Farğona viloyati Farğona tumanida ikki kişi ölimi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqea 13 iyul kuni soat 18:15 larda, tuman hududidan ötgan 4R-146 Farğona—Çimyon avtomobil yölining 5-kilometrida yuz bergan. Haydovçi A.M. (2000 yilda tuğilgan) Damas’ni boşqarib borayotib, quvib ötiş qoidasini buzib, qarama-qarşi yönalişga ötib ketgan.

Söng boşqaruvni yöqotib ağdarilib ketişi natijasida qarama-qarşi yönalişda harakatlanib kelayotgan M.A (1964 yilda tuğilgan) boşqaruvidagi Lacetti bilan töqnaşgan.

Foto: Farğona viloyati YHXB matbuot xizmati

Oqibatda Damas’da bölgan ikki nafar yölovçi voqea joyida vafot etgan. Şuningdek, yana ikki nafar yölovçi tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.