Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi, Boş prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Farğona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida örganiş işlari olib borildi. Unga köra muzeyda qonun buzilişi holatlari aniqlandi.

Işçi guruh tomonidan örganişda muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd sömlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rang-tasvir asarlari) qalbakilaştirilgani, muzeyni kapital ta’mirlaş uçun budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd söm mablağning 1,4 mlrd sömi mansabdor şaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi. 

Şuningdek, muzeyda saqlanişi lozim bölgan 1 dona rang-tasvir va 1 dona grafika asari topilmagan.

2011 yilda muzey tomonidan Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasiga jami 21 nomdagi aşyolar berilgan. Ulardan 14 nomdagi aşyolar 2016-2020 yillar davomida muzeyga qaytarilgan, ammo qolgan 7 dona rang-tasvir asari qaytarilmagan. Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasida uşbu 7 dona rang-tasvir asarlari mavjud emasligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.