Sönggi yillarda Özbekiston aholisi uçun Zomin tumani mamlakatdagi eng ommabop dam oliş maskanlaridan biri bölib qolmoqda. Yoz kelib, kunlar isib ketganda turli viloyatlardan bu yerga salqin va toza havoda dam olib ketiş uçun köplab odamlar keladi.

Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket tört kun dam oliş deb e’lon qilingani uçun tuman markazidan Zomin sanatoriysigaça bölgan yölning yoqalarida joylaşgan barça mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari dam oluvçilar bilan töla edi.

Avvalgi yillardan farqli ravişda bu yil ta’bni tirriq qiladigan ayrim holatlar ham bor. Jumladan, Zomin şahridan Zomin sanatoriysiga olib boradigan yöl ança ta’mirtalab holga kelib qolgan.

Bundan taşqari, köp sonli dam oluvçilarning tabiatga munosabati ham haminqadar. Buni tiniq suvli soydan oqib kelayotgan plastik idişlar va sellofan paketlardan ham bilib olsa böladi.

Şunday bölsa ham Zomin özining betakror tabiati va salqin hamda toza havosi bilan dam oluvçilarni jalb qilişda davom etmoqda.