Oxirgi marta yevro va dollarning 1:1 kursi 2002 yilning kuzida kuzatilgan edi. Öşandan beri Yevroittifoq valutasi doimiy ravişda AQŞ valutasidan qimmatroq bölib keldi. 2008 yilda AQŞda moliyaviy inqiroz avj olgan paytda esa 1 yevro 1,6 dollargaça ham kötarildi. Keyingi bir neça yil davomida kotirovkalar 1,3-1,5 dollar oraliğida özgarib turdi va sönggi yillarda 1 yevro 1,15-1,25 dollar darajasida şakllandi. 14 iyul holatiga köra esa birjada 1 yevro 1 dollardan arzonroq baholanmoqda. Xöş, nima uçun jahon bozoridagi eng barqaror valutalardan biri şiddat bilan qadrsizlana boşladi?
Ukrainadagi uruş – yevro zaiflaşişining asosiy sababimi?
Qisman olganda, ha. 2022 yil boşida 1 yevro 1,14 dollarni taşkil etgan. Ammo Rossiya va Ukraina örtasida keng kölamli uruş boşlanganidan söng fevral oyi oxiridan boşlab yevro kursi qadrsizlana boşladi. 8 iyulga kelib, sönggi yigirma yil içida birinçi marta har ikki valuta qiymati deyarli tenglaşdi. 11 iyul kuni uşbu holat yana takrorlandi.
Energetika inqirozini keltirib çiqargan va potensial uzoq va çuqur tanazzulga olib kelişi mumkin bölgan uruşdan Yevropa eng köp zarar körmoqda. Uruş tufayli xalqaro investorlar öz aktivlarini yevrodan dollarga aylantira boşladi va AQŞ milliy valutasiga nisbatan talab oşdi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan misli körilmagan sanksiyalar e’lon qildi, Rossiya iqtisodiyoti bilan an’anaviy aloqalarini uzdi. YeI mamlakatlari iqtisodiy turğunlikni keltirib çiqarişi mumkin bölgan energetika inqirozi bilan röbaro‘ kelmoqda.
PSB boş tahlilçisi Yegor Jilnikovning ta’kidlaşiça, “gaz uçun rubl” sxemasi ham yevro/rubl juftligida rublga, yevro/dollar juftligida esa dollarga bölgan talab oşişiga olib kelgan. Mutaxassislar sönggi kunlardagi yevro kursining keskin pasayişini “Şimoliy oqim 1” gaz quvuridan Yevropaga gaz uzatiş töxtatilişi bilan ham boğlaşgan.
AQŞ Federal zaxira tizimining keskin çoralari
Mamlakatda rekord darajaga yetgan inflatsiyani sekinlaştiriş uçun 1994 yildan keyingi davrda birinçi marta AQŞ Federal zaxira tizimi (FZT) bazaviy stavkani 0,75 foiz punktga oşirdi. Markaziy banklar tomonidan bazaviy stavkalar kötarilişi esa davlat obligatsiyalari daromadi oşişiga olib keladi. Qöşma Ştatlar xalqaro moliya bozoriga katta miqdorda qimmatli qoğozlar çiqaradi va ular butun dunyoda eng işonçli investitsiya aktivi hisoblanadi. FZTning keskin çoralari AQŞ milliy valutasi mustahkamlanişiga öz ta’sirini ötkazmasdan qolmadi.












