Italiya boş vaziri Mario Dragi iste’foga çiqişga qaror qilganini bildirdi, deb xabar berdi ANSA agentligi.
«Bugun keçqurun respublika prezidentiga iste’foga çiqiş töğrisida ariza berişimni e’lon qilmoqçiman», — deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
Dragining sözlariga köra, u parlamentdagi inauguratsiya nutqida ijroiya hokimiyati hukumat dasturini bajariş uçun yaqqol istiqbol bölgan taqdirdagina oldinga yuriş imkoniyatiga ega bölişini aytganini eslatib ötdi. Uning ta’kidlaşiça, endilikda bunday şaroit mavjud emas.
Uning xulosa qilişiça, boşida hukumatni qöllab-quvvatlagan umummilliy köpçilik endi yöq.
Avvalroq parlamentda Dragi hukumatiga nisbatan işonç bildiriş böyiça ovoz beriş ötkazilgan, hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvçi «Beş yulduz» harakati ovoz berişda qatnaşişdan boş tortgandi.












