Italiya prezidenti Serjio Mattarello 14 iyul, payşanba kuni boş vazir Mario Dragining iste’foga çiqiş haqidagi iltimosini rad etdi. Avvalroq, hukumat rahbari mamlakatdagi hukmron koalitsiyadagi bir neça haftalik mojarolardan söng iste’foga çiqişini ma’lum qilgan edi.
Boş vazirning sözlariga köra, uning hukumatini qöllab-quvvatlagan milliy birlik koalitsiyasi endi mavjud emas va şuning uçun faoliyatini davom ettiriş uçun şaroit yöq.
Parlamentdagi ovoz beriş jarayonida hukumat işonçsizlik votumidan qoçişga muvaffaq böldi. Biroq koalitsiyaga kiruvçi «5 yulduz harakati» ovoz berişda qatnaşmadi. Dragi avvalroq uning hukumati uşbu harakatning kömagisiz öz faoliyatini davom ettira olmasligini aytgan edi.
Dragining sözlariga köra, u parlamentdagi inauguratsiya nutqida ijroiya hokimiyati hukumat dasturini bajariş uçun yaqqol istiqbol bölgan taqdirdagina oldinga yuriş imkoniyatiga ega bölişini aytgan. Uning ta’kidlaşiça, endilikda bunday şaroit mavjud emas.
Uning xulosa qilişiça, boşida hukumatni qöllab-quvvatlagan umummilliy köpçilik endi yöq.












